Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9 iyul kunlari Belarusga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Minskda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Asosiy e’tibor o‘zaro tovar aylanmasini oshirish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarda kooperatsiyani chuqurlashtirishga qaratiladi. Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor beriladi.

Sammit yakunlari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hujjatlarning keng paketini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tashrif arafasida Minskda ikki mamlakat hududlari va biznes doiralari delegatsiyalari ishtirokida uchinchi Mintaqalararo forum bo‘lib o‘tishi ta’kidlanmoqda.

Source: uznews.uz