O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning yangi elchisi Jomila Ashur bilan uchrashdi. Uchrashuvda elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Tomonlar iyun oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston delegatsiyasining Jazoirga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro sheriklikni yanada kengaytirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Vazir Saidov Jomila Ashurga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ashur Jazoir diplomatik missiyasi rahbari lavozimida 2023-2026 yillarda ushbu vazifani bajargan Muhammad Irkini almashtirdi.
O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 30 iyunda o‘rnatilgan. Shu yilning may oyida O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi Mansurbek Qilichev akkreditatsiyadan o‘tgan edi.
Source: podrobno.uz