Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida avtomobil gaz balloni portlashi natijasida bir kishi vafot etdi, yana ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa 8-iyul kuni ertalab soat 07:32 da A-380 Qarshi-Buxoro avtomobil yo‘lining 128-kilometrida sodir bo‘lgan. Qarshidan Buxoro tomon harakatlanayotgan 54 yoshli J.J. boshqaruvidagi Nexia 2 avtomashinasiga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan.

Portlash oqibatida avtomobilda bo‘lgan bir fuqaro voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Yana ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa vaqtida yong‘in sodir bo‘lmagan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Source: www.gazeta.uz