Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi qurilish obyektida fojiali hodisa yuz berdi. 3-iyul kuni Olmos mahallasi, 27-uy yaqinidagi qurilish maydonchasida 25 yoshli surxondaryolik ishchi ustiga beton plita qulab tushdi.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, kuchli gursillagan ovoz eshitilgan va darhol yordamga shoshilgan, ammo afsuski, yigit olgan og‘ir jarohatlar tufayli voqea joyida vafot etgan. Guvohlardan biri: “Birinchi plitaning tagini qaradim, yo‘q. Keyin narigi tomoniga o‘tdik, hech qanaqasiga yordam bera olmadik”, — deya og‘ir lahzalarni esladi.

Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam shifokorlari yigitning hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlagan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, qurilish maydonchasidagi xavfsizlik choralari tekshirilmoqda.

Source: www.gazeta.uz