Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sirdaryo viloyatida maktab konsultanti 16 yoshli o‘quvchiga Telegram orqali shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborgani uchun qamaldi. Bu haqda “Bu kun” ko‘rsatuvi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, konsultant qizga maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini yuritishda yordam berishi mumkinligi bahonasida yozgan. Biroq tez orada u tungi vaqtlarda shahvoniy xabarlar yubora boshlagan. Qiz javob bermay qo‘ygach, u qo‘ng‘iroq qilib, tashqariga chiqishni taklif qilgan va voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xatti-harakatlar sodir etgan.

“Men shunchaki xabarga reaksiya qo‘ygan edim. Avvaliga kimligini va nega yozayotganini tushunmadim. Keyin kechqurun u yana yozishni boshladi. Menga ilgari hech kim bunday yozmagan edi”, — dedi maktab o‘quvchisi.

Sud majlisida erkak aybini tan olmadi va taqdim etilgan dalillarni rad etdi. U hech qachon bu o‘quvchi bilan aloqasi bo‘lmaganligini aytdi. “Meni unga sevgimni izhor qilgan deyishadi, bu tushunmovchilik. Men hech qachon hech qanday qiz bilan uchrashmaganman. O‘zimning uch farzandim bor”, — dedi u sudda. Keyinroq erkak o‘quvchi va uning oila a’zolaridan kechirim so‘radi.

Shirin shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi erkakni O‘zbekiston MJKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybdor deb topdi va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Shuningdek, sud Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga pedagokga nisbatan tegishli choralar ko‘rish haqida xususiy ajrim chiqardi.

Source: uznews.uz