O‘zbekistonda yozning eng jazirama davri boshlandi. Iyul oyining birinchi o‘n kunligi oxiriga borib havo harorati 37–40 darajaga, janubiy hududlarda esa 41–43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, oy oxirigacha harorat 33–43 daraja atrofida saqlanib, ayrim cho‘l va janubiy hududlarda 45 darajaga yetishi mumkin.
Iyul an’anaviy ravishda eng issiq oy hisoblanadi. O‘rtacha harorat 35–37 daraja bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda jazirama kuchaymoqda. So‘nggi o‘n yillikdagi deyarli barcha iyul oylari me’yordan issiqroq bo‘lgan.
Umuman, o‘rtacha harorat me’yordan 1,5–3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kam bo‘lib, faqat tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Mutaxassislar quyosh ostida uzoq vaqt qolmaslik, ko‘proq suv ichish va bolalar, keksalar hamda surunkali kasalligi bor insonlarning ahvoliga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa va Markaziy Osiyoda ekstremal issiqlik to‘lqinlari haqida ogohlantirgan edi. Tashkilot hukumatlarni iqlim xavflariga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda.
Source: podrobno.uz