Uzbekistan Airports kompaniyasi va Xitoyning Air China aviakompaniyasi Pekin–Toshkent–Pekin yo‘nalishidagi muntazam reyslar chastotasini haftasiga 3 tadan 7 tagacha oshirish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar Uzbekistan Airportsning markaziy ofisida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar Air China’ning O‘zbekistondagi yo‘nalish tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdilar.
Air China vakillari Farg‘ona vodiysi aeroportlariga alohida qiziqish bildirdilar. Aviakompaniya ushbu mintaqa bilan aviaqatnov ochish istiqbollarini o‘rganishga qiziqishini bildirib, uning turistik, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Uzbekistan Airports’da Air China bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik ta’kidlanib, bu yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish, yo‘lovchi oqimini oshirish va O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi transport bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan.
Source: kun.uz