Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tadbirkor Azamat Xolikov 2024-yil 20-aprelda yirik firibgarlik va boshqa iqtisodiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingan, 6 kundan keyin esa tergov izolyatorida vafot etgan. Birinchi instansiya sudi marhumni yirik firibgarlik, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topgan. Apellyatsiya sudi esa uni firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlagan.

Kun.uz apellyatsiya instansiyasining qarori bilan tanishdi. Ish Navoiy viloyatidagi Tudakul ko‘li bilan bog‘liq. 2004-2018 yillarda ko‘ldan “Aqua-Tudakul” qo‘shma korxonasi baliqchilik bilan shug‘ullangan, ijara muddati 2022-yilda tugaydigan edi.

2018-yilda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi takroriy tender o‘tkazib, g‘olib “Aqua-Tudakul” deb topilgan va 10 yillik shartnoma tuzilgan. Biroq aprel oyida uyushma shartnomani bekor qilib, may oyida yangi tender o‘tkazgan. Unga atigi 20 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan “Golden Lake Fish” MChJ g‘olib bo‘lgan, uning ta’sischisi Azamat Xolikov edi.

Shunday qilib, Tudakul ko‘li noqonuniy tender orqali “Aqua-Tudakul”dan “Golden Lake Fish”ga o‘tgan. Navoiy shahar sudining 2022-yil 15-avgustdagi hukmiga ko‘ra, “Golden Lake Fish” rahbari Panjikul Ruziqulov tenderga soxta hujjatlar taqdim etgan. “Aqua-Tudakul” rahbari Shavkitdin Jamolov ko‘lda 30 mlrd so‘mdan ortiq baliq borligini va ular “Golden Lake Fish”ga o‘tganini da’vo qilgan.

Birinchi instansiya sudining 2026-yil 6-fevraldagi hukmi bilan marhum tadbirkor bir qancha moddalar bo‘yicha aybdor topilgan, jumladan firibgarlik (168-modda 4-qism “a” bandi), soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda 3-qism), savdo qoidalarini buzish (189-modda 1-qism) va boshqalar. Unga jazo tayinlanmagan. Panjikul Ruziqulov 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va undan 32,6 mlrd so‘m undirilgan.

Navoiy viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi 2026-yil 30-iyundagi qarori bilan Azamat Xolikov va Panjikul Ruziqulovni firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlagan va ishni tugatgan. 32,6 mlrd so‘m undirish qismi ham bekor qilingan. Qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Tomonlarga kassatsiya shikoyati qilish huquqi tushuntirilgan.

Source: kun.uz