Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 13-17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi. Bu davrda havo harorati keskin ko‘tarilib, respublikaning katta qismida +41…+43 darajani tashkil etadi.

Eng issiq kunlarda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda termometr ustunlari +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar iqlimiy me’yordan sezilarli darajada yuqori.

Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Bu esa nafas olish muammolari bo‘lgan odamlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) avvalroq jazirama issiqlik o‘limga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Tashkilot issiqlik stressidan himoyalanish uchun bir qator tavsiyalar bergan: ko‘proq soyada bo‘lish, konditsionerni +27 daraja atrofida sozlash, kuniga 2-3 litr suv ichish va bolalarni mashinada qoldirmaslik.

Issiqlik va uning salomatlikka ta’siri haqida batafsil ma’lumotni JSST rasmiy materiallaridan olish mumkin. 2023-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi ham yozning eng issiq davrini qanday o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qilgandi.

Source: www.gazeta.uz