Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Navoiy viloyatida Zarafshon daryosida cho‘kib ketgan uch nafar o‘smirning jasadlari ikki kunlik qidiruvdan so‘ng topildi. Bu haqda FVV Navoiy viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa 8 iyul kuni tushdan keyin Karmana tumanidagi “Katta machit” mahallasida yashovchi to‘rt nafar yigitning Zarafshon daryosiga cho‘milishga borishi bilan sodir bo‘lgan. Ulardan uchtasi cho‘kib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari Buxoro va Navoiy viloyatlari FVV qutqaruvchilari, maxsus texnika va motorli rezina qayiqlar yordamida olib borilgan. 10 iyul kuni uch nafar voyaga yetmagan o‘smirning jasadi voqea joyidan turli masofalarda topilgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, halok bo‘lganlar – 2008 yilda tug‘ilgan J.S., 2012 yilda tug‘ilgan J.S. va 2010 yilda tug‘ilgan O.T. Ulardan ikkitasi aka-uka bo‘lgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida ham uch nafar yosh daryoda cho‘kib ketgan edi.

Source: kun.uz