Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Madaniyat vazirligi va vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Jahongir Odilxo‘jayevich Axmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori etib tayinlandi. U 2025-yil mayidan beri Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan oldin agentlikni Shuxratulla Rizayev boshqargan.

Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Majitovich Axmedov va Avazxon Baxadirovich Tajixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov va Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Hasan Salihov prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili etib tayinlandi. Bungacha u Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlagan.

Source: www.gazeta.uz