Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida joylashgan xususiy kompaniyaning ko‘mir omborida yirik o‘g‘irlik fosh etildi. Xodim 1,6 ming tonnadan ortiq ko‘mirni o‘zlashtirgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ombor menejeri, unga ishonib topshirilgan va moddiy javobgar bo‘lgan ko‘mirni, aniqrog‘i 1 658,53 tonna import ko‘mirni o‘zlashtirgan. Gumonlanuvchining harakatlari natijasida kompaniyaga taxminan 1,7 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida aholi uchun mo‘ljallangan 900 million so‘mdan ortiq ko‘mir o‘g‘irlangandi.
Source: podrobno.uz