Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda sanoat zonalari faoliyati tahlil qilindi. Respublikada 756 ta sanoat zonasi mavjud bo‘lib, ularda 4915 ta loyiha ishga tushirilgan. Loyihalarning umumiy qiymati 65,4 trillion so‘mni tashkil etadi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, chekka va cho‘l hududlardagi sanoat zonalarida yosh tadbirkorlar uchun yer uchastkalari 1 so‘mdan boshlang‘ich narx bilan auksionga chiqarilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq Yerelektron va E-auksion elektron tizimlari o‘rtasida integratsiya va ma’lumot almashinuvi yo‘qligi sababli bu imtiyoz amalda qo‘llanilmagan.

Muammoni bartaraf etish uchun Biznes-ombudsman tegishli tashkilotlarga xulosalar yubordi. Kadastr agentligi va Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda texnik kamchilik bartaraf etildi.

Endilikda chekka va cho‘l hududlardagi sanoat va tadbirkorlik zonalarining manzilli ro‘yxati rasman tasdiqlangan bo‘lib, 1 so‘mdan yer olish imkoniyati ishga tushdi.

Ushbu chora-tadbirlar yuzlab yosh tadbirkorlarga katta xarajatlarsiz o‘z biznesini boshlash imkonini beradi, shuningdek, 1000 dan ortiq yigit va qizlarni doimiy ish va daromad manbai bilan ta’minlaydi.

Source: podrobno.uz