Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 12-iyul kuni soat 14:45 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in haqidagi xabar FVBga kelib tushganidan so‘ng, qutqaruv texnikalari soat 14:49 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 14:54 da to‘liq o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, binoning yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishga tushgani sababli yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida mehmonxonaning 10-qavatidagi xizmatchilar xonasi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Source: www.gazeta.uz