Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda matbuot sohasida sezilarli pasayish kuzatilmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida mamlakatda faoliyat yuritayotgan gazetalar soni deyarli uch barobarga kamaygan.

2010-yilda 649 ta gazeta mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib ularning soni 620 taga tushgan. Eng keskin pasayish 2015-2020 yillar oralig‘ida ro‘y bergan – bu davrda nashrlar soni taxminan 41 foizga kamayib, 366 taga yetgan.

2020-2025 yillarda yana 147 ta gazeta o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Natijada, 2010-yildan buyon umumiy qisqarish 430 tani yoki 66 foizdan ko‘proqni tashkil etgan.

Hozirda barcha bosma nashrlarning yillik umumiy tiraji 30,2 million nusxani tashkil etadi. Har bir nashrga o‘rtacha yiliga 138 ming nusxa to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Oliy Majlis Senati matbuot erkinligi sohasidagi kamchiliklar, korrupsiya va qonunlarga rioya qilishdagi muammolar bilan birga O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan edi.

Source: podrobno.uz