Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda «Kredit taqiqi» xizmatidan 2 574 026 nafar fuqaro foydalangan. Bu haqda Kredit axborot tahliliy markazi (KATM) xabar berdi.

Xizmat 2025-yil 6-iyunda ishga tushirilgan bo‘lib, bir yildan ortiq vaqt ichida uning ommabopligi keskin oshdi. 2025-yil 1-iyulda xizmatga atigi 33 132 kishi ulangan bo‘lsa, 2026-yil 1-aprelda bu ko‘rsatkich 2,2 milliondan oshdi, yoz o‘rtalarida esa 2,57 millionga yetdi.

Xizmatdan eng faol foydalanuvchilar erkaklar – 1 497 389 kishi (58%). Ayollar soni 1 076 637 nafarni (42%) tashkil etadi.

Yoshi bo‘yicha eng katta guruh 26–35 yoshdagilar – 764 943 foydalanuvchi (30%). Ikkinchi o‘rinda 26 yoshgacha bo‘lgan yoshlar – 647 651 kishi (25%). 36–45 yoshdagilar 609 665 (24%), 46–55 yoshdagilar 319 354 (12%), 56 yoshdan kattalar esa 232 413 kishi (9%) ni tashkil qiladi.

Ulanishlar dinamikasi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda: 2025-yil 1-iyul – 33 132; 2025-yil 1-oktyabr – 149 465; 2026-yil 1-yanvar – 438 322; 2026-yil 1-aprel – 2 207 753; 2026-yil 1-iyul – 2 574 026.

Eng katta sakrash 2026-yilning birinchi choragida kuzatildi – ulanganlar soni 438 mingdan 2,2 million kishiga, ya’ni besh barobardan ko‘proqqa oshdi.

Source: kun.uz