Toshkentning Sergeli tumanida yashovchi ayol “Korzinka” supermarketi kassirini xaridni noto‘g‘ri hisoblaganlikda aybladi.
Xaridor Instagram’da videorolik e’lon qilib, unda ikki xil chekni ko‘rsatgan. Birinchi chekda 916 ming so‘m ko‘rsatilgan bo‘lsa, xaridor norozilik bildirgandan so‘ng qayta hisob-kitob qilingan va ikkinchi chekda 825 ming so‘m bo‘lgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘rtinchi marta bunday holat yuz bermoqda. U prokuraturaga murojaat qilish niyatida ekanligini bildirgan.
“Korzinka” matbuot xizmati hodisaga tezda munosabat bildirib, kassir xatosi tufayli “2” tugmasi ikki marta bosilgani va natijada 22 dona mahsulot hisoblanganini ma’lum qildi.
Kompaniya xaridorlarni shubha tug‘ilganda darhol filial rahbariyatiga yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishga chaqirdi.
Xodimlar bilan qo‘shimcha brifing o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish standartlari ustidan nazorat kuchaytirilgan.
Source: podrobno.uz