13-iyul kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi 1-sonli tug‘ruq majmuasiga yetib bormasdan, tez yordam brigadasi 22 yoshli homilador ayolga shoshilinch yordam ko‘rsatdi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi feldsheri Rustam Saidazimov tomonidan muvaffaqiyatli qabul qilingan tug‘ruq natijasida 3900 gramm og‘irlikdagi qizaloq dunyoga keldi.
Tez yordam mashinasida tug‘ruqni qabul qilgan feldsher Rustam Saidazimov besh yillik faoliyati davomida uchinchi marta bunday shoshilinch tug‘ruqni amalga oshirgan.
Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq 1-sonli tug‘ruq majmuasiga yetkazilgan bo‘lib, ularning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.
Source: uznews.uz