O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga kamaygan. Bu haqda 14-iyul kuni IIVda o‘tgan matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilning olti oyida mamlakatda jami 14 342 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 2309 taga kamdir.
Ramazon Ashrapovning ta’kidlashicha, ayollar tomonidan 663 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 251 taga kam. Yoshlar 2872 ta (996 taga kam), muqaddam sudlanganlar 979 ta (72 taga kam), ishsiz fuqarolar esa 574 ta (830 tadan kam) jinoyat sodir etgan.
Biroq voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinoyatlar 4,5 foizga oshib, 907 tani tashkil etgan (2025-yilda 868 ta edi). Bu tendensiya mutasaddilarni tashvishga solmoqda.
Avvalroq oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov 2025-yilning 11 oyida talabalar 585 ta jinoyat sodir etgani, bu 19 foizga kam ekanini ma’lum qilgandi. Jinoyatlar asosan oson pul topish istagi, moliyaviy qiyinchiliklar va shaxsiy nizolar bilan bog‘liq.
Source: www.gazeta.uz