O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati 15 iyul kuni ma’lum qilishicha, 2026 yil iyun oyida nooziq-ovqat tovarlari orasida eng katta yillik narx o‘sishi propan bo‘yicha qayd etilgan – 41,1%.
Shuningdek, nikoh uzuklari (+23,1%), bosma nashrlar (+17,5%), sement (+12,6%) va metan (+10,1%) narxlari sezilarli darajada oshgan.
Shu bilan birga, bir qator uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar narxi yil davomida pasaygan. Katta oshxona maishiy texnikasi 2,7%, mayda ovqat tayyorlash texnikasi 2,1%, kostryulkalar 2,0%, ichimlik tayyorlash uchun mayda texnika 1,9% va mayda maishiy texnika 1,6% ga arzonlashgan.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi savatiga kiritilgan 252 turdagi nooziq-ovqat tovarlaridan 232 tasida (92%) yillik narx o‘sishi 10% dan oshmagan.
Source: kun.uz