Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Manfred Huterer o‘z diplomatik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazib, unda uning ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.

«Uning O‘zbekistondagi elchi sifatidagi faoliyati davrida oliy darajadagi uchrashuvlar muvaffaqiyatli tashkil etildi, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot mustahkamlandi va ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi», — deyiladi vazir xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Manfred Huterer 2024-yil iyul oyidan buyon Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Source: uznews.uz