Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezidentning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) bir qator yangi xizmatlar joriy etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini begonalashtirish, garov yoki ipotekaga qo‘yishni taqiqlash, shuningdek ushbu taqiqni bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqida ma’lumot olishlari, shuningdek ularni boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

Xizmatlar qatoriga telefon raqamini ma’lum muddatga to‘xtatib turish (faollashtirish), foydalanilmayotgan raqamlarga xizmat ko‘rsatishni tugatish, telefonga ulangan pullik xizmatlar haqida ma’lumot olish kiradi.

Shuningdek, bank kartalarini blokirovka qilish (yopish) uchun emitentga ariza yuborish, fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik xabardor qilish va ularning hisobini yuritish imkoniyati yaratiladi.

Source: kun.uz