Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yozuvchi va shoir Omon Muxtorov 1941-yil 16-iyulda Buxoroda tug‘ilgan. 1958-yilda maktabni tamomlab, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika bo‘limida o‘qigan.

U O‘zbekiston radiosi va Kino qo‘mitasida ishlagan, Adabiyot nashriyoti hamda “Sharq yulduzi” jurnalida faoliyat yuritgan. 1968−1979-yillarda “Nigoh”, “Qushlar va tushlar”, “Shaharlik kelinchak”, “Yog‘du” va “Yillar shamoli” kabi kitoblari chop etilgan.

1985−1989-yillari “Marvarid”, “Shiddat” she’riy to‘plamlarini, “Egilgan bosh” romani va “Vazifa”, “O‘lmagan jon” kabi asarlarini yozgan. Shuningdek, u “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi, “Ko‘zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”dan tashqari, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Aflotun” va “Maydon” nomli romanlar muallifi.

“Do‘stlik” ordeni sohibi bo‘lgan Omon Muxtorov 2013-yil 10-mayda vafot etgan. Sana munosabati bilan Gazeta uning asarlari asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz