Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qildi. Mehmon davlat rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralarda tomonlar O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Savdo-iqtisodiy sohaga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon o‘sish 40 foizga yetdi.

Hozirda qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i sanoati, to‘qimachilik, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda qo‘shma Investitsiya kompaniyasi faol ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining bugungi yig‘ilishlari yakunlarini yuqori baholadilar hamda ikki mamlakat Mintaqalar forumining rejalashtirilgan o‘tkazilishi samaradorligini ta’minlash zarurligini qayd etdilar.

Source: podrobno.uz