Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati 19-iyul kuni mamlakat bo‘ylab kutilayotgan ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qildi. Prognozga ko‘ra, shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 20–22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin.

Havo harorati respublika bo‘yicha +40…+45° gacha, janub va cho‘l zonalarida esa +46…+48° gacha ko‘tariladi. Toshkentda ham quruq va jazirama ob-havo kutilmoqda. Shamol tezligi 3–8 m/s, ba’zi joylarda 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonli bo‘lishi ehtimoli bor. Poytaxtda havo +43…+45° gacha isiydi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, havo harorati +32…+37° atrofida bo‘ladi.

Sinoptiklar aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida uzoq vaqt qolmaslikka va kuchli shamol hamda chang tufayli ko‘rinish yomonlashgan sharoitda yo‘llarda ayniqsa ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.

Source: uznews.uz