O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, dushanba kuni uzoq davom etgan haddan tashqari jaziramadan so'ng havo harorati cho'l hududlarida, seshanba kuni esa respublikaning barcha hududlarida pasayadi.
20-24 iyul kunlari O'zbekistonda kam bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bulutli, yog'ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 21 iyulda Qoraqalpog'iston va 22 iyulda Farg'ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Tog'larda ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg'ir, momaqaldiroq kutiladi.
Dushanba kuni havo harorati kunduzi +40…+43 daraja, janubda ba'zi joylarda +45…+47, shimolda +34…+39 daraja atrofida bo'ladi.
Seshanbadan ish haftasi oxirigacha havo harorati kechasi +20…+25, kunduzi +32…+37, ba'zi joylarda +30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
20-22 iyul kunlari respublikaning ba'zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgaruvchan bulutli, yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'ladi. Dushanba kuni havo harorati +41…+43, seshanba kuni kechasi +25…+27, kunduzi +36…+38 daraja.
22-24 iyul kunlari havo harorati kechasi +20…+23, kunduzi +31…+34 darajagacha pasayadi. Sharqiy shamol g'arbiy shamolga o'tadi, tezligi 3-8 m/s, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda changli bo'ron kuzatilishi mumkin.
Source: uznews.uz