Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

17-iyul kuni soat 13:00 atrofida Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi “Paxtazor” mahallasida joylashgan “Mulla-Buloq” fermer xoʻjaligi hududidagi tomchilatib sugʻorish uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzasida uch nafar voyaga yetmagan qiz choʻkib ketdi. Bu haqda UzNews.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Halok boʻlganlar: 17 yoshli S. O., 16 yoshli O. A. va 14 yoshli X. K. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qizlar suv havzasiga choʻmilish uchun tushgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, uchala qizning oʻlimiga nafas yoʻllariga suv kirishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab boʻlgan.

Hozirda Mirzachoʻl tuman prokuraturasi tomonidan ushbu fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Source: uznews.uz