Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

FIFA 20-iyul kuni yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 pog‘onaga pastlab, 60-o‘ringa tushib qoldi.

Reytingning pasayishiga asosiy sabab – terma jamoaning 2026-yilgi jahon chempionati va o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsiz natijalari bo‘ldi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3) yutqazdi. Shuningdek, Niderlandiya (1:2) va Kanada (0:2) bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida ham mag‘lub bo‘ldi.

Osiyo mintaqasida ham O‘zbekiston pozitsiyasini yo‘qotib, 7-o‘ringa tushdi. Undan yuqorida Yaponiya (17-o‘rin), Eron (22-o‘rin), Avstraliya (28-o‘rin), Janubiy Koreya (32-o‘rin), Saudiya Arabistoni (58-o‘rin) va Qatar (59-o‘rin) joylashgan.

Jahon reytingining yangi peshqadami Ispaniya terma jamoasi bo‘ldi. Ular Argentinani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Source: uznews.uz