Polshadan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi, u xalqaro qidiruvda bo‘lib, katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan. Bu haqda O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Qidirilayotgan shaxsni O‘zbekiston Interpol vakillariga topshirish Varshava aeroportida amalga oshirildi.
Interpol kanallari orqali qidirilayotgan fuqaroning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, u Polsha hududida ushlangan.
Erkak kishi javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot organlari xodimlariga topshirildi.
Source: uznews.uz