Qashqadaryo viloyatida huquq-tartibot organlari xodimlari mahalliy fuqarodan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishni “yopib qo‘yish” evaziga pul undirgan elektr montyorini jinoyat ustida ushladi.
Maxsus operatsiya Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nishon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tezkor xodimlarning diqqatiga tuman elektr tarmoqlari korxonasi montyori A.I. tushdi.
U o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning uyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish haqida rasmiy dalolatnoma tuzmaslikka va’da bergan. “Xizmatlari” evaziga u 4 million so‘m talab qilgan. Gumonlanuvchi avval 1,5 million so‘m “avans” olgan, qolgan 2,5 million so‘mni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik), shuningdek, 28 va 211 (pora berishda ishtirok etish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: podrobno.uz