2026-yilning birinchi yarmida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasiga fuqarolardan o‘zining xabardorligisiz ishga rasmiylashtirilgani bo‘yicha 1495 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.
Murojaatlar ko‘rib chiqilishi natijasida 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy va jinoiy choralar qo‘llanildi.
Yana 56 ta korxona va tashkilotga yozma ko‘rsatmalar berildi.
Tekshiruvlar davomida ayrim murojaatlarda ko‘rsatilgan korxona va tashkilotlar bugungi kunda tugatilgani aniqlandi. Bunday holatlarda 2020−2025-yillarda kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimidan o‘chirildi.
Inspeksiya fuqarolarni o‘z roziligisiz ishga rasmiylashtirilgani haqidagi ma’lumotni aniqlasa, 1176 qisqa raqami yoki rasmiy @munosibmehnat_bot Telegram boti orqali murojaat qilishga chaqirdi.
Source: www.gazeta.uz