Toshkent shahri 2026 yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot hajmi 226 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich prognoz qilingan 11,2 foizdan yuqori bo‘lib, poytaxt respublikada eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minladi.
Sanoat ishlab chiqarishi 109,6 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshdi. Shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda iqtisodiyotga 4,3 milliard dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilindi – bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobiga 249 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, umumiy qiymati 657,5 million dollarlik yangi ishlab chiqarishlar ishga tushirildi va 9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
Eksport hajmi 1,5 milliard dollardan oshib, o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga ko‘paydi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirilib, ishlab chiqarish hajmi 4,9 trillion so‘mni tashkil etdi – bu rejadan 48 foizga yuqori.
Shahar hokimligi iqtisodiy o‘sishning asosiy natijalari sifatida yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, aholi daromadlarini oshirish va sanoat salohiyatini rivojlantirishni qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki tahlilchilari logistika, turizm va farmatsevtika sohalaridagi islohotlar tufayli O‘zbekiston 5,2–6,4 milliard dollar xususiy investitsiya jalb qilishi va 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratishi mumkin deb hisoblaydi.
Source: podrobno.uz