Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) “Muruntov” konida og‘ir ishlab chiqarish hodisasi yuz berdi. 21-iyul kuni ertalab soat 5:30 da BelAZ rusumli katta yuk avtomobili xizmat pikapini bosib ketishi oqibatida ikki nafar xodim halok bo‘ldi.

Hodisa haqidagi dastlabki ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. NKMK matbuot xizmati voqeani tasdiqlab, halok bo‘lganlar kombinat xodimlari ekanligini ma’lum qildi. Hozircha ularning ism-shariflari oshkor etilmagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari ham hodisa sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzgan.

NKMK rahbariyati voqea yuzasidan chuqur ta’sirlanganini bildirib, marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor etgan. Kombinatning mas’ul xizmatlari bunday fojiali holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga kirishgan.

Source: www.gazeta.uz