Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda 49 yoshli, avval firibgarlikda sudlangan erkak xususiy maktab va bolalar bog‘chasi qurilishi bilan bog‘liq muammolarni “hal qilish” evaziga tadbirkordan 360 ming dollar undirishga uringan. U avans sifatida 30 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar IIBB va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak tadbirkorning Chilonzor tumanidagi 37 sotix maydonda xususiy maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi qurish rejasidan xabar topgan. U tadbirkorni loyiha mahalliy aholi va turli tashkilotlar orqali muammolarga duch kelishi mumkinligiga ishontirishga uringan.

So‘ngra erkak vaziyatni “tartibga solish” evaziga 360 ming dollar talab qilgan. Dastlabki 30 ming dollarni olayotganda u ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Ushbu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qurilishlarni raqamli nazorat qilish va urbanistika parkini yaratish rejalashtirilgan.

Source: podrobno.uz