Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Bostanliq tumanida ikkita jinoiy guruh faoliyatini fosh etdi.

Ma'lum bo'lishicha, guruhlar o'rtasida Chorvoq suv ombori hududidagi plyajlarni kuch ishlatib egallash, noqonuniy ravishda o'zlashtirish va ta'sir doirasini kengaytirish istagi tufayli nizo kelib chiqqan.

Mojaro natijasida birinchi jinoiy guruh a'zolari ikkinchi guruh vakillarini kaltaklab, ularga tan jarohatlari yetkazgan. Shu sababli to'rt kishi qo'lga olinib, ularga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Ushbu voqeadan so'ng ikkinchi guruh a'zolari qasos olish maqsadida birinchi guruhning ozodlikda qolgan vakiliga hujum qilib, unda kastet va beysbol tayoqchasidan foydalanib, unga og'ir tan jarohatlari yetkazgan.

Tezkor tadbir davomida to'qqiz kishi qo'lga olingan. Shuningdek, hibsga olinganlardan biri Instagram orqali diniy ekstremistik g'oyalarni targ'ib qiluvchi materiallar tarqatgani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Source: uznews.uz