O‘zbekistonda tibbiy turizm jadal rivojlanmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida respublikaga davolanish maqsadida 35 mingdan ortiq xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.
Eng katta oqim qo‘shni davlatlardan kuzatilgan: Tojikistondan 19 mingdan ziyod, Qirg‘izistondan 9,5 ming, Qozog‘istondan esa 4,5 mingga yaqin bemor kelgan.
Shuningdek, Afg‘onistondan 1,3 ming, Rossiyadan 772 kishi, boshqa davlatlardan 119 nafar fuqaro tibbiy xizmat olish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy turizmni rivojlantirish maqsadida shifoxonalar qoshida mehmonxonalar qurishni taklif qilgan edi.
Source: podrobno.uz