Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy valyuta taklifi (Markaziy bank operatsiyalarisiz) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31% ga oshib, 27,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, xorijiy valyutaga umumiy talab 20% ga o‘sib, taxminan 32 milliard dollarga yetdi. Shunday qilib, valyuta taklifi hajmi bozordagi talabdan tezroq o‘sgan.

Taklifning o‘sishiga eksport tushumlarining ko‘payishi, korxona va aholi tomonidan valyuta sotilishi, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari tushumlari sabab bo‘ldi.

Xususan, jismoniy shaxslar olti oy davomida tijorat banklariga 12,3 milliard dollarlik xorijiy valyuta sotgan bo‘lsa, 6,8 milliard dollarlik valyuta sotib olgan. Aholi tomonidan sotilgan xorijiy valyuta hajmi sotib olinganidan 5,5 milliard dollarga ko‘p bo‘ldi.

Bundan tashqari, xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali O‘zbekistonga 9,3 milliard dollar tushgan bo‘lsa, chet elga 1,3 milliard dollar jo‘natilgan. O‘tkazmalarning sof oqimi 8 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank bahosiga ko‘ra, xorijiy valyuta tushumlarining o‘sishi birinchi yarim yillikda valyuta kursining nisbiy barqarorligini saqlashga yordam berdi.

Source: uznews.uz