Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

23-iyul kuni Prezidentning “Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-274-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, parrandachilik xo‘jaliklari, parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda “tayyor biznes” loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar 2026-yil 1-sentabrdan boshlab 10 foiz stavkada ajratiladi.

Bunda ushbu shartlar faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.

2026-yil 1-avgustdan yuqoridagi resurslar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yangi quvvatlarini (loyihalarni) ishga tushirishga hamda prezidentning 2024-yil 27-iyundagi PQ-238-son qaroriga muvofiq “tayyor biznes” loyihalariga “Mikrokreditbank” ATB orqali yillik 10 foiz stavkada 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi.

Source: www.gazeta.uz