Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 92,3 mingta nikoh va 24,8 mingta ajrim qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar sonining 3 mingtaga kamayganini, ajrimlar esa 1,5 mingtaga ko‘payganini ko‘rsatadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, har ming nafar aholiga 4,9 ta nikoh to‘g‘ri kelgan. Nikohlarning 47,2 mingtasi (51,1 foiz) shahar joylarida, 45,1 mingtasi (48,9 foiz) esa qishloq joylarida qayd etilgan.

Shu davrda ajrimlar koeffitsiyenti har ming aholiga 1,3 promilleni tashkil etgan. Ajrimlarning 14,9 mingtasi (60,1 foizi) shaharlarda, 9,9 mingtasi (39,9 foizi) esa qishloqlarda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekistonda nikohlar soni 267,1 mingtani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 4,7 mingtaga kamaygan edi. Ajralishlar esa 46,9 mingtaga teng bo‘lib, 2024-yilga nisbatan 1,8 mingtaga oshgan. Mutaxassislarning fikricha, bu tendensiya iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Source: www.gazeta.uz