Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Denov tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha sobiq inspektori A.R. qiz bola bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblanib, 15 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

️ Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa), 129-moddasi 3-qismi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan buzuq harakatlar) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

️ 22 iyul kuni Denov tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi A.R.ni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (zo‘rlash) va 206-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

️ Sud hukmiga ko‘ra, u 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi.

️ Bir necha kun oldin “Negativ” nashri tergovning to‘liq va xolis emasligi, shuningdek, sud jarayonida protsessual normalarga rioya qilinmaganligi haqida maqola chop etgan edi.

️ Advokatlarning ta’kidlashicha, sud ularning iltimosnomalarini asossiz rad etgan va bir qator guvohlar hamda ekspertlarni so‘roq qilishni rad etgan.

️ Muallif, shuningdek, Respublika sud ekspertizasi markaziga ashyoviy dalillarni tashishda qonunbuzarliklar bo‘lganligini, ya’ni ular guvohlar ishtirokisiz va tegishli hujjatlarsiz topshirilganligini da’vo qilmoqda.

️ Surxondaryo viloyat sudi xabariga ko‘ra, hozircha sud hukmi ustidan shikoyat yoki protest kelib tushmagan.

Source: uznews.uz