O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida o‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Oy quruq va issiq havo bilan boshlanadi. 1-2 avgust kunlari havo harorati +38…+41 darajaga yetadi, janub va cho‘l hududlarida havo +42…+43 darajagacha isiydi.
Keyinchalik harorat foni 3-5 darajaga pasayadi va ustunlik qiladigan havo harorati +33…+38 daraja atrofida, ayrim joylarda +40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Oy oxiriga kelib O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi mumkin, harorat asta-sekin +25…+30 darajagacha pasayadi.
Avgustning birinchi yarmida tungi harorat +24…+27 daraja, ikkinchi yarmida +17…+22 daraja, oy oxiriga kelib +12…+15 darajagacha pasayishi mumkin.
Oylik yog‘in miqdori me’yordan biroz ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar, asosan kuchsiz, oyning ikkinchi yarmidagi alohida kunlarda bo‘lishi mumkin.
Source: uznews.uz