Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi tomonidan gavjum yo‘lda xavfli manevrlar amalga oshirilgani aks etgan video tarqaldi. Bu harakatlar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarini xavf ostiga qo‘ygan.
Haydovchi 17 yoshli yigit ekanligi aniqlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Monza avtomobilini ijaraga olgan va faqat qiziqish uchun xavfli haydagan.
«Men Bunyodkor ko‘chasida xavfli manevrlar qildim. Keyin Mirzo Ulug‘bek tumanida — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida, TTZ va Ko‘kbazor yo‘nalishida xuddi shunday manevrlarni takrorladim. O‘sha kuni video e’lon qilingandan so‘ng meni darhol topishdi. Menda mashina hujjatlari yo‘q edi, haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q», — dedi huquqbuzar.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-10-moddasi (Yo‘l bezoriligi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ushbu modda sanksiyasi 25 BHM miqdorida jarima va 1 yildan 2 yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Source: www.uznews.uz