Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metropolitenining “Chinor” bekati rekonstruksiya ishlari sabab 13-iyundan 50 kunga yopilgan edi. Biroq, ta'mirlash ishlari muddatidan 4 kun avval yakunlanib, 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab bekat yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, rekonstruksiya jarayonida bekatning kirish va chiqish qismlari sezilarli darajada kengaytirilgan. Turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazilgan bo‘lib, bu yo‘lovchilar oqimini tezlashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib kelgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilgan. Endilikda bekatdan-bekatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratilgan, bu esa yo‘lovchilarning vaqtini tejaydi.

Rekonstruksiyadan avval “Chinor” bekati kuniga o‘rtacha 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, yangi imkoniyatlar bilan bu ko‘rsatkich 35–40 ming nafargacha oshishi kutilmoqda. Bu bekatning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ikki barobardan ko‘proq oshiradi.

Source: www.gazeta.uz