Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida kredit berish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar aniqlandi.

Xususan, xususiy banklardan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va avval sudlangan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining 47 yoshli fuqarosi jinoiy til biriktirgan.

Ular tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning nomiga 3,5 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

O‘z xizmatlari uchun ular kredit summasining 12 foizi – 420 ming dollar talab qilgan.

Gumonlanuvchilar 50 ming dollar miqdoridagi avansni olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov davom etmoqda.

Source: uznews.uz