Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent basseynlarida cho‘milgandan so‘ng odamlarda diareya, yuqori harorat va boshqa alomatlar paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bu ma’lumotlarni rad etdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi barcha 57 basseyn doimiy sanitariya-epidemiologik nazorat ostida. Har oy mutaxassislar suv namunalarini olib, ularni bakteriologik va sanitariya-gigiyenik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tekshiradi.

Yil boshidan beri mingdan ortiq namuna tekshirilgan. Sanitariya me’yorlari buzilgan yetti mavsumiy basseynda suv to‘liq almashtirilgan, ob’ektlar tozalangan va dezinfeksiya qilingan.

Boshqarma bugungi kunga qadar basseynlarga borish bilan bog‘liq birorta zaharlanish yoki yuqumli kasallik qayd etilmaganini ta’kidladi. Favqulodda xabarlar ham kelib tushmagan.

Fuqarolardan mish-mishlarga ishonmaslik va faqat rasmiy ma’lumotlardan foydalanish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tadbirkorlarning zamonaviy basseynlar qurish xarajatlarini qoplash dasturi amal qiladi. Davlat xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda kompensatsiya to‘laydi.

Source: podrobno.uz