Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyatida noqonuniy ov bilan shug‘ullanayotgan brakonerlar qo‘riqxona xodimlariga qarata o‘q uzgan. Hodisa Surxon davlat qo‘riqxonasining “Sherjon” uchastkasida sodir bo‘lgan.

Patrul vaqtida inspektorlar ov quroli bilan uch nafar erkakni ko‘rib, to‘xtashni talab qilgan. Biroq qonunbuzarlar talabni e’tiborsiz qoldirib, qo‘riqxona xodimlari tomon o‘q uzgan, so‘ngra ryukzaklarini tashlab, yashiringan.

Qoldirilgan narsalarni tekshirish chog‘ida inspektorlar noqonuniy ov natijasida olingan ikki hayvonning bo‘laklangan tana qismlarini topgan.

Tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangan. Barcha materiallar Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatda brakonerlar “qiziqish uchun” Qizil kitobga kiritilgan pelikanlarni o‘ldirib, yeb qo‘ygan edi.

Source: podrobno.uz