InfinBank o‘z mijozlariga yangi kredit mahsuloti – Infin Yuksalishni taqdim etdi. Ushbu mahsulot tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha mablag‘ni aylanma mablag‘larni to‘ldirish va biznesni rivojlantirish uchun yillik 18,99% stavkada, 7 yilgacha muddatga olish imkonini beradi.
Infin Yuksalishning asosiy afzalliklaridan biri – boshqa banklarda rasmiylashtirilgan amaldagi kreditlarni qayta moliyalashtirish va ularni InfinBankga qulayroq shartlarda o‘tkazish imkoniyatidir. Bu kredit yukini kamaytirishga va moliyalashtirish uchun qulayroq shartlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Mablag‘lardan tovarlar, xomashyo va materiallar xarid qilish, tovar zaxiralarini ko‘paytirish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va biznesning boshqa joriy ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin.
InfinBank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alesya Frolovaning ta’kidlashicha, bank biznes uchun qulay va uzoq muddatli moliyalashtirishga kirish muhimligini tushunadi. Shu sababli Infin Yuksalish mahsuloti yaratilgan bo‘lib, u raqobatbardosh foiz stavkasi, uzoq muddatli kreditlash va amaldagi majburiyatlarni qayta moliyalashtirish imkoniyatini o‘zida birlashtiradi. U yangi mahsulot tadbirkorlikni o‘sishi va rivojlanishi uchun samarali vosita bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Yangi Infin Yuksalish kreditini InfinBankning barcha korporativ bo‘limlarida rasmiylashtirish mumkin. Batafsil ma’lumot InfinBank saytida va +998 71 202 50 80 raqami orqali olish mumkin. Telegram: t.me/infinbank_news. Ushbu material reklama huquqida taqdim etilgan.
Source: uznews.uz