Asakabank O‘zbekiston banklari orasida birinchi bo‘lib innovatsion to‘lov halqasi UzukPay’ni taqdim etdi. Yangi mahsulot bankning raqamli xizmatlarni rivojlantirish va zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etishdagi navbatdagi qadamidir.
UzukPay bank kartasi va smartfonsiz xaridlarni to‘lash imkonini beradi. To‘lovni amalga oshirish uchun halqani kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi POS-terminalga yaqinlashtirish kifoya. To‘lov Mastercard bank kartasidan foydalanishdagi kabi tez, qulay va xavfsiz amalga oshiriladi.
Tashqi ko‘rinishda UzukPay zamonaviy minimalist halqa bo‘lib, uning ichiga Mastercard kontaktsiz to‘lov texnologiyasi o‘rnatilgan. Bu aksessuarni to‘liq to‘lov vositasiga aylantiradi.
Ko‘plab elektron qurilmalardan farqli o‘laroq, to‘lov halqasi quvvat talab qilmaydi, smartfonga ulanishni, mobil ilovalarni o‘rnatishni talab qilmaydi, doimo foydalanishga tayyor, suv o‘tkazmaydigan va kundalik foydalanish uchun mos. Halqa doim egasining qo‘lida bo‘lgani uchun uni uyda unutish mumkin emas, bu to‘lovni yanada tez va qulay qiladi.
Barcha operatsiyalar Mastercard xalqaro to‘lov tizimining bank kartalari bo‘yicha kontaktsiz to‘lovlarda qo‘llaniladigan xavfsizlik texnologiyalari bilan himoyalangan. Bu ma’lumotlarni yuqori darajada himoya qilish va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini ta’minlaydi.
UzukPay to‘lov halqasi Asakabank tomonidan chiqarilgan Mastercard kartalariga ulanadi va Mastercard qabul qiladigan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida xaridlarni to‘lash imkonini beradi.
Asakabank raqamli xizmatlarni rivojlantirishda mijozlarning zamonaviy ehtiyojlariga javob beradigan yechimlarni joriy etishda davom etmoqda. UzukPay — bu zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va ishonchlilikni bitta aksessuarda birlashtirgan kontaktsiz to‘lovning yangi formati.
Source: www.uznews.uz