Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyatida tungi vaqtda sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi oqibatida 21 yoshli qiz halok bo‘ldi. U boshqarayotgan avtomobil katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa taxminan soat 03:00 da Islom Karimov ko‘chasi, “Uratepalik” mahallasida ro‘y bergan. Qiz Gentra rusumli avtomobilni boshqarayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘l chetiga chiqib, yuqori tezlikda daraxtga urilgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olgan. U zudlik bilan Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Avtomobil salonida 18 yoshli qiz ham bo‘lgan. U ham tan jarohatlari olgan va hozirda shifokorlar nazorati ostida.

Ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lgan qiz bloger Orzigul Urazmatova bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. YHHX rasmiy ma’lumotida shaxs ochiqlanmagan — faqat “O.U.” bosh harflari ko‘rsatilgan. Bloger ekanligi haqida rasmiy tasdiq yo‘q.

Hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Voqea holatlari va aniq sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiqda ham halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Lasetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan.

Source: podrobno.uz