Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidan kelib tushgan murojaatda fuqaro o‘zining voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat sodir etilganini xabar qilgan. Bu haqda Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, noqonuniy xatti-harakatlarni mahalliy fuqaro sodir etgan. Bolalar ombudsmanining so‘roviga ko‘ra, materiallar prokuratura organlari tomonidan o‘rganilgan.

Tekshiruv davomida avval jinoyat ishi qo‘zgatishni rad etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan va qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Natijada gumonlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan buzuq harakatlar) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Unga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov davom etmoqda.

Source: uznews.uz